Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«KAMAZ»ni yaratgan muhandis 98 yoshida vafot etdi

«KAMAZ»ni yaratgan muhandis 98 yoshida vafot etdi

«KAMAZ»ning birinchi bosh direktori Lev Vasilev 98 yoshida Moskvada vafot etdi. Uning rahbarligida 1976 yil 16 fevral kuni birinchi KAMAZ-5320 yuk mashinasi ishlab chiqarilgandi.

Lev Vasilev 1925 yil 7 fevralda Moskvada tug‘ilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida  Ukrainadagi janglarda qatnashgan, besh bor jarohat olgan.

1948 yildan u Moskva kichik avtomobillar zavodida ishlagan. Bir vaqtning o‘zida Moskva avtomobil institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mashhur «KAMAZ» zavodining tashkil etilishiga bosh-qosh bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring