«Katta Chimyon» tog‘ida adashib qolganlar bo‘yicha ma’lumot berildi
FVV qutqaruvchilari tomonidan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi
Bugun, 17-iyun kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga «112» tizimi orqali Bo‘stonliq tumani hududida joylashgan «Katta Chimyon» tog‘iga to‘rt nafar fuqarolar sayr qilish maqsadida borib, yo‘ldan adashib qolganligi va ularga amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, FVBB qutqaruvchilari aytilgan manzilga tezkorlik bilan yetib borib, hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan va adashib qolgan fuqarolarni topib, ularni xavfsiz hududga evakuatsiya qilishgan.
Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter