Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelin o‘zining dafn marosimidan 6 kun o‘tib uyiga qaytib keldi (video)

Kelin o‘zining dafn marosimidan 6 kun o‘tib uyiga qaytib keldi (video)

Foto: «Timesofindia.indiatimes.com»

Hindistonda Varisha ismli ayol o‘zining dafn marosimidan 6 kun o‘tib politsiyaga murojaat qilgan, deya xabar berdi «Times of India» gazetasi.

Hodisa Uttar-Pradesh shtatida yuz berdi. 27-iyul kuni G‘oziobod shahar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari chemodanga joylangan ayol jasadini topishgan. Yaqinlari 24 yoshli qizning murdasini tasdiqlashgan. Tergovchilar yosh kelinni doimo xo‘rlab kelgani, urib-kaltaklagani uchun erini va qaynata-qaynanasini qotillikda ayblab, hibsga olgan.

Varishaning oilasi va yaqinlari dafn marosimini o‘tkazishib, uni tuproqqa qo‘yishdi.

Biroq bir hafta o‘tar-o‘tmas kelin o‘z oyoqlari bilan G‘oziobod politsiya mahkamasiga yurib keldi. U shu paytgacha ilgari ishlagan qo‘shni shaharda bo‘lganini, faqat qayerga ketganini hech kimga bildirmaganini so‘zlab berdi.

Shundan so‘ng turmush o‘rtog‘i va qaynata-qaynanasiga qo‘yilgan barcha ayblovlar bekor qilingan.

Kelin eson-omon oilasi bag‘riga qaytib kelgani yaxshi bo‘ldi. Lekin politsiyachilarni boshqa masala o‘ylantiryapti: «Unda chemodandan chiqqan ayol kim? Kimning jasadini dafn etishdi?» Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari allaqachon tergov harakatlarini boshlab yuborishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring