Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Keng doiradagi muzokaralar: O‘zbekiston va Hindiston hamkorligining yangi imkoniyatlari muhokama qilindi

Keng doiradagi muzokaralar: O‘zbekiston va Hindiston hamkorligining yangi imkoniyatlari muhokama qilindi

Foto: Prezidentning matbuot xizmati

Prezidentning matbuot xizmati xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bugun, 1-oktyabr kuni muzokaralarni keng doirada davom ettirdi. 

Aholisi soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turuvchi Hindiston ulkan iqtisodiy imkoniyatlarga ega, sanoati rivojlangan mamlakat. Yalpi ichki mahsulot darajasi bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinda turadi. Yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar,  dasturlash, sog‘liqni saqlash, xizmat ko‘rsatish sohalarida ilg‘or hisoblanadi.

Bu sohalar rivojiga katta e’tibor qaratayotgan O‘zbekiston uchun ham Hindiston tajribasi va texnologiyalari muhim. Hindiston uchun ham izchil rivojlanayotgan, investorlarni qo‘llab-quvvatlayotgan O‘zbekiston istiqbolli hamkor sanaladi.

Keng doiradagi muzokaralarda savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, yuqori texnologiyalar, tibbiyot, farmatsevtika, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikning yangi imkoniyatlari muhokama qilindi.

Foto: Prezidentning matbuot xizmati
Foto: Prezidentning matbuot xizmati
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring