Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In shu yil oxirigacha Rossiyaga borishi mumkin

Kim Chen In shu yil oxirigacha Rossiyaga borishi mumkin

Foto: «RIA Novosti»

Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen In shu yil oxirigacha Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurishi mumkin, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Bu haqda Rossiya parlamenti yuqori palatasi spikeri Valentina Matviyenko ma’lum qilgan.

«U Rossiya prezidentining taklifiga rozilik bildirib, yaqin kunlarda Rossiyaga kelishi mumkin. Vladimir Putinning grafikiga ko‘ra, Shimoliy Koreya rahbarining tashrifini kechiktirmaslik zarur. U Rossiyaga kelishga tayyor. Umid qilamanki, yaqin vaqt ichida, shu yil oxiriga qadar ushbu tashrif amalga oshadi», – degan Matviyenko jurnalistlarga Pxenyandan uchib ketmasidan avval.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring