Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kinoyulduz Tom Xenks va uning rafiqasi koronavirus bilan kasallandi

Kinoyulduz Tom Xenks va uning rafiqasi koronavirus bilan kasallandi

Foto: Reuters

Amerikalik kinoaktyor Tom Xenks va uning rafiqasi Rita Uilson koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda aktyorning o‘zi Tvitterdagi sahifasida yozib qoldirgan.

Uning aytishicha, er-xotin Avstraliyada bo‘lganida sog‘ligida muammolar borligini sezgan. Kasallik alomatlari esa koronavirusga o‘xshab ketardi. Yulduzli juftlik tavakkal qilmagan va tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Natijada Xenkslar oilasida koronavirus aniqlandi.

Endi ular lozim bo‘lgan davolanish va karantin holatidan o‘tishi lozim. Ayni vaqtda Avstraliyada 128 kishi koronavirusga uchragani aytilmoqda. Ulardan 3 kishi vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 mart sanasida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 koronavirusini bir necha davlatga tarqalgan pandemiya sifatida tan oldi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda butun dunyo bo‘ylab kasallikka uchraganlar soni 120 mingdan oshib ketdi. Ulardan 4,3 mingdan oshig‘i vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring