Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda kollej o‘quvchisi spirtli ichimliklar do‘konidan 14.5 million so‘mni o‘g‘irladi

Buxoroda kollej o‘quvchisi spirtli ichimliklar do‘konidan 14.5 million so‘mni o‘g‘irladi

Foto: «Protoday.uz»

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida 19-yanvarga o‘tar kechasi noma’lum shaxs X.Orif MFY Shofirkon shohko‘chasida joylashgan «Asl Standart» MChJga qarashli spirtli ichimliklar do‘koniga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, u yerdan 14.500.000 so‘m pul va 4 dona salqin ichimliklarni o‘g‘irlab ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji 1-kurs o‘quvchisi, 2001-yilda tug‘ilgan Sh.N. sodir etgani aniqlangan va ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring