Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Koronareys»: «Air India» samolyoti O‘zbekiston osmonidan burilib ketdi

«Koronareys»: «Air India» samolyoti O‘zbekiston osmonidan burilib ketdi

Foto: «Pixabay»

O‘zbekiston havo kengliklariga yetib kelgan «Air India» aviakompaniyasi samolyoti ortiga qaytib ketdi, chunki uchuvchilarning birida COVID-19 aniqlangan. Bu haqda TASS xabar berdi.

«Bortida yo‘lovchisi bo‘lmagan «A320» samolyoti «Vande Bxarat» amaliyoti (Hindiston fuqarolarini xorijdan vatanga qaytarish) amaliyoti doirasida Moskvaga uchayotgandi. Samolyot O‘zbekiston havo kengliklariga yetganida uchuvchilardan birining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqani bizga ma’lum bo‘ldi», — deyiladi aviakompaniya xabarida.

Samolyotga darhol ortga qaytish buyurilgan. Ekipajning barcha a’zolari karantinga olingan. Hindistonliklarni olib qaytish uchun Moskvaga boshqa samolyot uchadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring