Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 11-aprel (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 11-aprel (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 11-aprel — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 28-kuni.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 10-aprel holatiga, mamlakatimizda COVID-19ni yuqtirganlar jami soni 669 nafarga yetdi: 42 nafar bemor sog‘ayib ketgan, uch nafari vafot etgan.

Bir sutkada 87 nafar yangi bemor aniqlandi.

Yaqin xorij mamlakatlarida koronavirus qayd etilishi bo‘yicha Rossiya yetakchi — salkam 12 mingta holat. Belarusda esa 10-aprel kuni antirekord qayd etildi — 495 nafar yangi bemor aniqlandi. 

Ukrainada koronavirusni yuqtirganlar soni 2203 nafarga yetgan bo‘lsa, Belarusda 1981 nafarga yetdi, Moldova (1438) hamda Estoniya (1258) «minglik dovon»dan o‘tgan bo‘lsa, bugun-erta ular safiga Litva (999), Ozarbayjon (991) va Armaniston (937) qo‘shilishga juda yaqin turibdi.

Qolgan ketma-ketlik:

  • Qozog‘iston — 812
  • O‘zbekiston — 669
  • Latviya — 612
  • Qirg‘iziston — 298
  • Gruziya — 234.

«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus eng ko‘p tarqagan mamlakatlar — AQSh (489 ming), Ispaniya (157 ming), Italiya (147,5 ming), Fransiya (124,8 ming) va Germaniya (119,6 ming).

11-aprelning ayni soatlariga kelib, dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 1.670.190 nafarga yetdi, shundan 101.559 nafari vafot etgan, 372.403 nafar bemor sog‘ayib ketgan.

Dunyoning 184 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.


Eslatma: ayrim raqamlar soniyasiga yangilanib turgan global manbalardagidan farqlanishi mumkin — koronavirus juda tez tarqamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring