Koronavirus qanday haroratda o‘lishi haqida tadqiqot o‘tkazildi
Fransiyadagi Eks-Marsel universiteti olimlari koronavirus qanday haroratda o‘lishi borasida tadqiqot olib bordi. Tadqiqot natijalari bioRxiv portalida e’lon qilingan.
Olimlar sterillangan va sterillanmagan probirkaga koronavirusni joyladilar va har ikki probirkani bir soat davomida Selsiy bo‘yicha 60 darajaga qadar qizdirdilar. Natijada hatto shunday sharoitda ham sterillanmagan probirkada virus ko‘paya olishi aniqlangan.
Faqatgina probirka Selsiy bo‘yicha 92 gradusda bir soat davomida qizdirilganda koronavirus yo‘q bo‘lishi kuzatilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter