Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalinganlar soni 12 ming nafardan oshdi

Koronavirusga chalinganlar soni 12 ming nafardan oshdi

Shu yilning 10-iyul kuni mamlakatimizda 463 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 268 nafari karantin muassasalarida, 195 nafari aholi orasida aniqlangan.

SSV xabariga ko‘ra, bugun Toshkent shahrida, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida 1 nafardan, jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 243 nafar fuqaro sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 12027 nafar bemordan 7530 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 62 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4443 nafar bemordan 43 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring