Koronavirusga chalinganlar soni 2 milliondan oshdi
Koronavirusga chalinganlar soni dunyo bo‘yicha 2 million kishidan oshdi, qariyb 500 ming kishi tuzaldi, deya xabar berdi Amerikaning Jons Xopkins universiteti.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra (19:05), yangi virusni yuqtirganlar soni dunyo bo‘yicha 2 000 984 kishini tashkil etmoqda, 128 011 kishi koronavirus infeksiyasi qurboniga aylangan. Sog‘ayganlar soni yarim milliondan oshdi.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti 11-mart kuni COVID-19 koronavirus infeksiyasi pandemiyasini e’lon qildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter