Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusga chalinganlar soni nima uchun kamayganiga izoh berildi

Koronavirusga chalinganlar soni nima uchun kamayganiga izoh berildi

Foto:«Xabar.uz»

Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov koronavirusga chalinganlar soni nima uchun kamayganligiga izoh berdi:

«Ketma-ket ikki kun koronavirus infeksiyasiga chalingan bermorlar sonining kamayishi — karantin zonasidagi insonlarni alohidalaganimiz bilan bog‘liq.

Karantin zonasida bitta konteynerga faqat 4 nafar odam joylashtirilyapti va tashqaridan hech kim kirib-chiqmasligi ta’minlanyapti. Shu bois karantin zonada ushbu kasallikni yuqtirib olish holati keskin kamaydi.

Biroq bu vaziyat butunlay yaxshilandi degan xulosa kelib chiqishi uchun asos emas. Karantin zonasidan tashqarida ham ushbu virus tashish holatlari bo‘lishi mumkin va barchasini nazorat ostida ushlash uchun karantin rejimiga qat’iy amal qilishimiz lozim».

13 aprel kuni O‘zbekistonda jami 133 kishida infeksiya aniqlangani xabar qilingandi.  So‘ng 14 aprelda kun davomida bemorlar soni 167 kishiga ko‘paydi. Bu hozircha yurtimizda qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib turibdi.

15 aprel kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra 49 kishida infeksiya aniqlangan bo‘lsa, soat 16:00 holatida 61 kishida, 22:30 da yana 27 kishida kasallik qayd etilgandi. Kun davomida bemorlar soni 137 kishiga ortdi.

16 aprelda 47 nafar yangi bemor ro‘yxatga olinib, jami kasallanganlar soni 1349 nafarga yetgani aytildi.

17 aprelning hozirgi vaqtiga kelib, 41 kishida infeksiya aniqlangan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring