Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni o‘ldiruvchi niqob yaratildi

Koronavirusni o‘ldiruvchi niqob yaratildi

Illyustrativ foto

Lissabon (Portugaliya)dagi Molekulyar tibbiyot institutining bir guruh olimlari o‘ziga tushgan koronavirus zarralarini neytrallashtiruvchi himoya niqobi yaratishdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Institut xodimi Joao Lobo Antuneshning aytishicha, ushbu natijaga maxsus qoplamali innovatsion mato hamda suv o‘tkazmaydigan bir necha qatlam evaziga erishilgan.

Sinovlarda niqob koronavirus molekulalari mavjud suyuqlikka solib qo‘yildi, oradan bir soat o‘tib viruslarning 99 foizi o‘z xususiyatini yo‘qotgan.

Niqobdan ko‘p marta foydalanish mumkin. Fransiyadagi Paster institutidagi sinovlar uni 50 martagacha yuvib ishlatish mumkinligini ko‘rsatdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring