Korporativ etika bo‘yicha komissiya tashkil etiladi

«Korporativ munosabatlarni tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, mas’uliyati cheklangan jamiyat (jamiyat) ishtirokchisi tarkibiga kirish yoki undan chiqarish faktining kuchga kirish mexanizmi soddalashtiriladi.
Quyidagi hollarda jamiyat ishtirokchilari tarkibiga kiritish yoki undan chiqarish amalda tegishli harakat hamda hodisa sodir etilgan paytdan boshlab yuzaga kelgan hisoblanadi, jumladan:
- ishtirokchilar tarkibidan majburiy chiqarish yoki unga majburiy kiritish, shu jumladan, jamiyatdagi ulush ishtirokchi va uchinchi shaxs o‘rtasida umumiy mulk deb topilgan va uning tegishli qismiga mulk huquqi belgilangan holatlarda — sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan;
- jamiyat ulushi E-auksion elektron savdo platformasi va qonunchilikka muvofiq xususiylashtirishning boshqa usullari orqali sotilganda — savdo natijalari rasmiylashtirilib, ulush qiymati to‘liq to‘langan kundan;
- jamiyat ulushini sotish va uni sotishdan boshqacha tarzda uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish notarial shaklda amalga oshirilganda – bu haqida tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilgan kundan.
Ishtirokchilar tarkibiga kirish yoki undan chiqish holatlarida jamiyat boshqa ishtirokchilarni 30 kun muddatda xabardor qiladi.
Ushbu qaror qarorga ko‘ra, Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimida quyidagilar ta’minlanadi:
- jamiyatlarda imtiyozli huquqni amalga oshirish bo‘yicha boshqa ishtirokchilarni xabardor qilish, imtiyozli huquqdan foydalanish istagini bildirish, rad etishni elektron amalga oshirish imkoniyati yaratiladi;
- «Notarius» avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.
Shuningdek, 2025-yil 1-noyabrdan Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tarkibida Korporativ etika bo‘yicha komissiya tashkil etiladi.
Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilanadi, jumladan:
- yuridik shaxslarga, xususan, xo‘jalik jamiyatlariga korporativ etika masalalari bo‘yicha tavsiyalar berib borish;
- korporativ etikani buzishga oid nizolarni hal etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatib borish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter