Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kyurasaoni JCh-2026 ga olib chiqqan taniqli murabbiy iste’foga chiqdi

Kyurasaoni JCh-2026 ga olib chiqqan taniqli murabbiy iste’foga chiqdi

Foto: Championat.com

Kyurasaoni JCh-2026 ga olib chiqib shov-shuv ko‘targan niderlandiyalik mutaxassis Dik Advokat terma jamoa bosh murabbiyligidan ketdi. Uning o‘rniga Fred Ryutten tayinlangani haqida jamoa matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

78 yoshli Dik Advokat vaqtini og‘ir xastalikka chalingan qizi va oilasiga bag‘ishlashga qaror qilgan.

U jamoani 2024 yil yanvaridan buyon boshqarib kelayotgan edi va Kyurasaoni tarixda birinchi marta jahon chempionatiga olib chiqdi. Eslatib o‘tamiz, u 2025-yil noyabrida Yamaykaga qarshi kechgan hal qiluvchi saralash o‘yinini ham o‘tkazib yuborgan va «oila futboldan muhimroq» ekanini ta’kidlagan edi.

Advokatning yordamchisi Kor Pot ham Kyurasao terma jamoasini tark etdi.

Yangi murabbiy Ryutten bungacha «PSV», «Tvente», «Anderlext», «Shalke» va boshqa jamoalarni boshqargan.

Kyurasao JCh-2026 da Germaniya, Ekvador va Kot-d’Ivuar bilan bir guruhdan joy olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring