Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Leagoo» barcha zamonaviy funksiyalarga ega smartfonni 100 dollardan sotuvga chiqardi

«Leagoo» barcha zamonaviy funksiyalarga ega smartfonni 100 dollardan sotuvga chiqardi

Foto: «4PDA»

«Leagoo» kompaniyasi o‘tgan yili taqdim etilgan M9 «hoshiyasiz» smartfonining yangilangan versiyasi bilan bo‘lishdi. Yangi «Leagoo M9 Pro» ikkitalik asosiy kamera, «4G»ni qo‘llab-quvvatlovchi ikkita SIM-karta sloti hamda yuzni skaner qilish funksiyasi bilan jihozlandi, deb xabar berdi «4PDA».

«Android» operatsion tizimining so‘nggi versiyasiga ega smartfonni ayni vaqtda 100 dollarga sotib olish mumkin.

Yangi «Leagoo M9 Pro» barcha zamonaviy funksiyalarga ega, biroq ko‘p xarajat qilishni istamagan foydalanuvchilar uchun ayni muddao. Smarfon 5,72 dyuymli displey va ingichka hoshiyaga ega. Orqa tomonidan 13 va 2 megapikselli ikkitalik kamera joylashgan bo‘lib, ular «portret» rejimida ham tasvirga olishni amalga oshirishga qodir. Qurilmani yuz skaneri yoki barmoq izi skaneri yordamida blokdan chiqarish mumkin.

«Leagoo M9 Pro»ning texnik tavsifi:

  • Tomonlar nisbati 18:9 bo‘lgan 5,72 dyuymli displey;
  • To‘rt yadroli «MediaTek MT6739V» protsessori;
  • 2 gigabayt tezkor va 16 gigabayt ichki xotira;
  • 13 va 2 megapikselli ikkitalik kamera, 5 megapikselli frontal kamera;
  • SIM-karta uchun ikkita slot;
  • Akkumulyator sig‘imi 3 000 mA/soat;
  • Yuz va barmoq izi skaneri;
  • Operatsion tizim «Android 8.1 Oreo».
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring