Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Livan va Isroil chegarasida portlashlar sodir bo‘ldi

Livan va Isroil chegarasida portlashlar sodir bo‘ldi

Foto: «The Jerusalem Post»

Livanning Isroil chegarasiga yaqin «Hizbulloh» (terroristik tashkilot) ta’sir doirasidagi janubiy qismida portlashlar sodir bo‘ldi, deb xabar berdi «The Jerusalem Post» mahalliy manbalarga asoslanib.

Ma’lumotlarga qaraganda, Dayr az-Zahrani va Humayniy shaharlarida bugun ertalab uchta portlash sodir bo‘lgan.

Portlashlardan so‘ng yong‘in chiqqan. Livan ma’muriyati portlash sabablari haqida ma’lumot bermadi. «Hizbulloh» ham hali javobgarlikni bo‘yniga olmagan.

OAVga ko‘ra, bu hududlarda «Hizbulloh»ga qarashli harbiy markazlar bor.

Vaqti-vaqti bilan «Hizbulloh» qo‘li ostidagi janubiy mintaqada yoki Suriya-Livan va Isroil-Livan chegarasiga yaqin hududlarda portlashlar sodir bo‘lib turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring