Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Lola Karimova Gimnastika federatsiyasidan ham ketmoqda

Lola Karimova Gimnastika federatsiyasidan ham ketmoqda

Foto: Facebook / Lola Karimova-Tillyaeva

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kichik qizi Lola Karimova-Tillayeva «Instagram»dagi sahifasida O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidentligi lavozimidan ketayotganini xabar qildi.

«Men ushbu post orqali mana 13 yillik faoliyatimdan so‘ng O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti lavozimini tark etishga majbur ekanimni e’lon qilmoqchiman.

Men barcha sportchilarimiz, federatsiyaning butun murabbiylar jamoasi hamda barcha ishchi xodimlariga a’lo darajadagi faoliyatlari, ushbu sport turini yuqori darajaga ko‘tarishdagi hissalari, uning rivojlanish yo‘lida tinimsiz mehnatlari hamda g‘ayratlari uchun chin dilimdan tashakkur bildirmoqchiman.

Osiyo gimnastika ittifoqining faxriy prezidenti lavozimini saqlab qolgan holda, men ushbu ajoyib sport turining ashaddiy muxlislaridan bo‘lib qolaman hamda o‘zbek gimnastlarimizga kelgusi faoliyatlarida omad va g‘alabalar tilayman!» deya yozgan Lola Karimova-Tillayeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi sifatida faoliyatini yakunlayotganini ham xabar qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring