«Mahalla» fondiga yangi rahbar tayinlandi

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida tashkiliy masala ko‘rildi.
Shu paytga qadar Kengash raisining birinchi o‘rinbosari – «Mahalla» xayriya jamoat fondi raisi lavozimida ishlab kelgan Shavkat Javlonov boshqa ishga o‘tganligi sababli lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rniga shu paytga qadar Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Rahmat Mamatov respublika mahallalar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – «Mahalla» xayriya jamoat fondi raisi etib tasdiqlandi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri vazifasini bajaruvchi A.Aripov va prezident maslahatchisi R.Qosimov ishtirok etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter