Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mahalla tizimi bo‘yicha blogerlar bilan muloqot tashkil etildi

Mahalla tizimi bo‘yicha blogerlar bilan muloqot tashkil etildi

Bugun 18 oktyabr kuni Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan O‘zEOAVMAning Xalqaro Media hollida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va nodavlat-notijorat tashkilotlari rahbariyati, shuningdek, fuqarolar yig‘ini xodimlarining xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar bilan muloqot tashkil etildi.

«Mahalla tizimi hamda nodavlat-notijorat tashkilotlarining jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faol ishtiroki» mavzusida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbariyati vakillari tomonidan mahalla tarixi va uning rivojlanish bosqichlari, so‘nggi yillarda sohada olib borilayotgan eng muhim islohotlar, shuningdek, mahalla tizimining mamlaktimizdagi siyosiy jarayonlardagi faol ishtiroki, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oila institutini rivojlantirish hamda jamiyatdagi boshqa muhim jarayonlardagi muhim o‘rni xususida atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.

Jumladan, 2017 yildan so‘ng soha faoliyatiga oid jami 78 ta, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 7 ta Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 18 ta Farmon, Qaror va Farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining 53 ta qaror va farmoyishlari qabul qilindi.

«Keksalar maslahati» guruhlarining faol a’zolari ishtirokida o‘tgan 5 yil davomida 46 mingdan ortiq oilaning notinchligiga barham berildi, ajralish yoqasiga kelib qolgan 53 mingdan ziyod oila yarashtirildi.

O‘zbekiston Resupblikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi 5938-son Farmoni asosida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari, vazirlik huzurida «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

«Mahalla va oilani qo‘llab-quvvaatlash vazirligi tomonidan o‘tgan qisqa davr mobaynida sohaning tashkiliy-huquqiy asoslari yanada mustahkamlandi, oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tizimga yangi ish uslublarini tatbiq etish, mahalla tizimiga aholi muammolari bilan ishlash uchun yetarli shart-sharoitlar yaratildi. Mahalla odamlarni bir maqsad yo‘lida birlashtiruvchi, jamiyat ishtirokchilarining umummanfaatlarini o‘zida aks ettiruvchi muhim va o‘ziga xos ijtimoiy institutdir. Davlatimiz ta’biri bilan aytganda, hamma masala, avvalo, mahallada hal bo‘lsagina odamlar davlatdan va o‘z hayotidan rozi bo‘ladi», – dedi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Gulnora Marufova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring