Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahalla yoshlari Toshkent teleminorasining 110 metr balandlikdagi tomosha maydonchasiga chiqishdi

Mahalla yoshlari Toshkent teleminorasining 110 metr balandlikdagi tomosha maydonchasiga chiqishdi

Foto: «Mitc.uz»

Kecha, 28-yanvar kuni Yunusobod tumanidagi «Iftixor» MFY hududida istiqomat qiluvchi 55 nafar yoshlar Toshkent teleminorasiga taklif qilinib, «Yoshlarni televideniye va radio aloqasiga qiziqishlarini oshirish»ga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: «Mitc.uz»

Ushbu tadbir doirasida yoshlar yangi zamonaviy raqamli teleradioeshittirish qurilmalari bilan tanishtirildi, kompyuter savodxonligi bo‘yicha mahorat darsi va Toshkent teleminorasiga bepul sayohat uyushtirildi.

Yoshlarga teleminoraning qurilish tarixi, kompyuter texnologiyalari va ulardan samarali foydalanish haqida mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar berildi. Davra suhbatida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi doirasida qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shundan so‘ng teleminoraning 100 va 110 metr balandlikdagi tomosha maydonchasiga chiqildi.

Foto: «Mitc.uz»

Ma’lumot uchun:

Toshkent teleminorasi takrorlanmas noyob arxitektura inshooti bo‘lib, bugungi kunda respublikada hamda Markaziy Osiyoda eng baland inshoot hisoblanadi. Toshkent teleminorasi 1991 yilda dunyoning buyuk minoralari federatsiyasi safiga kiritilib, dunyoning 200 dan ortiq minoralari orasida 11-o‘rinni egallagan. Bugungi kunda balandligi 375 metr bo‘lgan Toshkent teleminorasi MDH davlatlari teleminoralari orasida Ostankinodan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi.

Toshkent teleminorasining asosiy vazifalari televideniye va radiodasturlarini uzatishdan iboratdir. Shuningdek, teleminora noyob me’moriy bino sifatida mahalliy va chet el mehmonlari uchun tomosha qilish majmuasi hisoblanadi.

Bu yil 15 yanvarda Toshkent teleminorasining foydalanishga topshirilganligiga 35 yil to‘ldi. Teleminora 1978 yildan boshlab, 6 yil davomida qurib bitkazilgan. Toshkent teleminorasi 1985 yilning 15 yanvarida ishga tushirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring