Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahalladan beriladigan «spravka»lar bekor qilindi

Mahalladan beriladigan «spravka»lar bekor qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2018-yil 15-oktyabrdan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan taqdim etiladigan quyidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilindi:

  • shaxsning yashash joyi bo‘yicha (propiska qilinganligi) yashayotganligini;
  • shaxsning ishsizligini;
  • bolani, yolg‘iz shaxslarni, pensionerlarni va nogironlarni parvarish qilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • shaxsning tavsifnomasi.

Endilikda davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida shaxsning yashash joyi bo‘yicha (propiska qilinganligi) yashayotganligini va uning ishsizligini tasdiqlovchi hujjatlar zarur bo‘lsa, mazkur ma’lumotlar davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tegishincha Ichki ishlar vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi organlaridan olinadi.

2020-yil 1-yanvardan davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida oila tarkibi, qarindoshlik darajasi va fuqaroning oilaviy ahvoli haqidagi ma’lumotlar davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan FHDYo organlaridan mustaqil ravishda olinadi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring