Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktabgacha ta’lim vazirligi rahbariyatida o‘zgarish

Maktabgacha ta’lim vazirligi rahbariyatida o‘zgarish

Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi

Kecha, 9-mart kuni Maktabgacha ta’lim vazirligida Bosh vazir o‘rinbosari K.Akmalov va Maktabgacha ta’lim vaziri A.Shin ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Prezident qarori bilan Maktabgacha ta’lim vaziriga Maqsudjon Abdullayevich Yuldashev o‘rinbosar etib tayinlangani e’lon qilindi.

Uning o‘rnida ishlagan Gulchehra Jo‘rayevna Yuldasheva boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, Maqsudjon Yuldashev 1978 yilda tug‘ilgan. 1999 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavriatini, 2002 yilda esa magistraturasini tamomlagan.

Bungacha u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida bosh maslahatchi lavozimida ishlagan.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring