Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maqolasi uchun tahdidga uchragan qiz voqeasini Bosh prokuratura o‘rganmoqda

Maqolasi uchun tahdidga uchragan qiz voqeasini Bosh prokuratura o‘rganmoqda

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda «Maqolam uchun mahalla raisi tahdid qildi, dadamni do‘pposlashdi» sarlavhali xabar tarqalgandi.

Xabarda «Navoiy ziyosi» gazetasida mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati yuzasidan tanqidiy maqola chiqarilganligi sababli Karmana tumani, Bog‘ishamol mahallasi raisi tomonidan muallifga tahdid qilinganligi va boshqa holatlar ko‘rsatilgan.

Hozirda mazkur holat Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan Bosh prokuratura nazorati ostida o‘rganilmoqda. Bu haqda mahkama matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov xabar berdi.

O‘rganish natijalari haqida xabar qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring