Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank dollar kursi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

Markaziy bank dollar kursi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

Foto: CFA

Bugun, 10-avgustdan AQSh dollari kursi 5 kun avvalgi kursga nisbatan keskin oshib (177,13 so‘m), 8882 so‘m etib belgilandi. To‘rt kun avval kurs ilk bor 8700 so‘mlik «dovon»dan oshgan bo‘lsa, endi «bir urinishdayoq» 8900 so‘mlik chegaraga yaqinlashib oldi.

Ichki valyuta bozoridagi joriy holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki axborot berdi:

Joriy yil iyul oyining ikkinchi yarmidan boshlab, ayniqsa so‘nggi haftada ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaning so‘mga nisbatan almashuv kursi oshish sur’atining tezlashishi kuzatilmoqda.

Bunga bir qator tashqi va ichki omillar sabab bo‘lmoqda.

Tashqi omillar. Joriy yilning iyul oyidan boshlab O‘zbekistonning asosiy savdo hamkor davlatlari (Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy) milliy valyutalari almashuv kursining qadrsizlanish tendensiyasi kuzatilmoqda va bu, o‘z navbatida, ichki valyuta bozorimiz ishtirokchilarining almashuv kursi bo‘yicha kutilmalari va qarorlar qabul qilish jarayoniga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ichki omillar, asosan, import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning o‘sib borishi bilan bog‘liq. 

Ichki valyuta bozorida talab va taklif hajmlari ma’lum bir darajada barqaror shakllangan davrda, Markaziy bankning intervensiyalari ishlab chiqaruvchilardan monetar oltinni sotib olish natijasida hosil bo‘lgan qo‘shimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish bilan birgalikda, valyuta kursini qisqa muddatli tebranishlarini pasaytiruvchi instrument sifatida qo‘llanib kelinadi.

Shuningdek, ichki valyuta bozorida yuzaga kelgan joriy holatni inobatga olib, Markaziy bank intervensiyalarni amalga oshirishda valyuta kursi kunlik tebranishining kengaytirilgan koridorini qo‘llash mexanizmiga o‘tmoqda.

Markaziy bank almashuv kursining valyuta bozorida yuzaga kelgan joriy holatga qisqa muddatli kurs tebranishlarning davom etishi xamda keyinchalik fundamental trendiga qaytishi hisobiga katta bo‘lmagan o‘zgarishlar bilan moslashib olishi mumkinligini bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring