Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy va Sharqiy harbiy okruglarda qo‘mondonlar o‘zgardi

Markaziy va Sharqiy harbiy okruglarda qo‘mondonlar o‘zgardi

O‘zbekiston Prezidentning tegishli farmoni bilan general-mayor Oybek Ozodovich Saidov Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni etib tayinlandi.

Bu haqda O‘zA xabar berdi.

2017-yil oktyabrdan buyon general-mayor A.Saidov Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Prezidentning tegishli farmoni bilan polkovnik Farrux Ziyabayev Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar polkovnik F.Ziyabayev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring