Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatiga rahbar tayinlandi

Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatiga rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining farmoyishiga binoan Hasan Odilovich Abdurahmonov Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatining rahbari etib tayinlandi.

Hasan Abdurahmonov 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Iqtisodchi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha mutaxassis, yuridik fanlari falsafa doktori.

Bu lavozimga qadar Hasan Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyatida Tashkiliy-nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring