Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi Zelandiyadagi masjidda otishma: 27 nafarga yaqin kishi qurbon bo‘ldi

Yangi Zelandiyadagi masjidda otishma: 27 nafarga yaqin kishi qurbon bo‘ldi

Foto:«Radio NZ»

Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida joylashgan ikki masjiddagi otishma natijasida 27 nafarga yaqin odam halok bo‘ldi. Bu haqda «New Zeland Herald» nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, ayblanuvchi Avstraliya fuqarosi bo‘lib, u o‘ta radikal qarashlari bilan tanilgan.

Politsiya bir nafar kishi qo‘lga olingani haqida ma’lum qildi, ammo u teraktni ijro etgan shaxs ekanligi ochiqlanmagan.

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern mazkur voqeani terakt sifatida baholab, «mamlakat tarixidagi eng qora kunlardan biri» deb atadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring