Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Masjidni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qanday hujjatlar kerak?

Masjidni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qanday hujjatlar kerak?

Foto: «Xabar.uz»

Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari va diniy ta’lim muassasalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Adliya vazirligi tomonidan, boshqa diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishlicha Qoraqalpog‘iston Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qilishicha, boshqa diniy tashkilotlar, jumladan masjidlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlarni topshirish kerak:

  • diniy tashkilot tuzish tashabbuskorlari bo‘lgan o‘n sakkiz yoshga yetgan yuz nafardan kam bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari imzolagan va notarial tartibda tasdiqlangan ariza;
  • ta’sis yig‘ilishi bayoni va diniy tashkilot ustavi;
  • davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi bank to‘lov hujjati;
  • diniy tashkilot tashabbuskorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • diniy tashkilotning rahbar organi a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumot;
  • diniy tashkilot rahbarlarining diniy ma’lumoti haqidagi hujjat nusxalari;
  • Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning rozilik xati;
  • diniy tashkilotning yuridik (pochta) manzili to‘g‘risida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining (Qurilish vazirligi, Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining tegishli bo‘linmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rozilik xati ilova qilingan holda) kafolat xati.

Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ariza bir oylik muddatda ko‘rib chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring