Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Messi — top-5 chempionatlarining eng yaxshi o‘yinchisi. Ronaldu 16-o‘rinda

Messi — top-5 chempionatlarining eng yaxshi o‘yinchisi. Ronaldu 16-o‘rinda

Foto: FOOTBOLNO.RU

«CIES Football Observatory» markazi reytingida «Barselona» hujumchisi Lionel Messi kuchli beshlik chempionatlarining 2017/18 yilgi mavsumida eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Qayd etilishicha, reytingga eng yaxshi besh ligada maydonda 1800 daqiqadan kam o‘ynamagan va yuqori natija ko‘rsatgan o‘yinchilar kiritilgan.

Messidan keyin pog‘onani «Manchester Siti» futbolchisi David Silva, uchinchi o‘rinni ega «Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala egallagan.

«Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ro‘yxatning 16-pog‘onasida, «Napoli» hujumchisi Lorenso Insine bilan birga qayd etilgan.

Ro‘yxatning kuchli o‘nligi quyidagicha:

1. Lionel Messi («Barselona»),
2. David Silva («Manchester Siti»),
3. Paulo Dibala («Yuventus»),
4. Serxio Aguero («Manchester Siti»),
5. Nikolas Otamendi («Manchester Siti»),
6. Muhammad Saloh («Liverpul»),
6. Fernandino («Manchester Siti»),
8. Kevin De Bryoyne («Manchester Siti»),
9. Rahim Sterling («Manchester Siti»),
10. Robert Levandovski («Bavariya»).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring