Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Messi va Saloh: «Oltin butsa» uchun kurash qizg‘in tus oldi

Messi va Saloh: «Oltin butsa» uchun kurash qizg‘in tus oldi

Foto: «Sokkaa»

La Liganing 31-turida xet-trikka erishgan Messi «Oltin butsa» uchun kurashda «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohga yetib oldi. Bu futbolchilar hozircha mazkur sovrin uchun da’vogarlar ro‘yxatida peshqadam bo‘lib turibdilar.

«Oltin butsa»ga da’vogar futbolchilar ro‘yxati:

  1. Muhammad Saloh («Liverpul») — 29 gol, 58 ochko
  2. Lionel Messi («Barselona») — 29 gol, 58 ochko
  3. Robert Levandovski («Bavariya») – 26 gol, 52 ochko
  4. Chiro Immobile («Latsio») – 26 gol, 52 ochko
  5. Jonas («Benfika») – 33 gol, 49,5 ochko
  6. Edinson Kavani («PSJ») — 24 gol, 48 ochko
  7. Harri Keyn («Tottenxem Xotspur») – 24 gol, 48 ochko
  8. Mauro Ikardi («Inter») – 24 gol, 48 ochko
  9. Krishtianu Ronaldu («Real») – 22 gol, 44 ochko
  10. Luis Suares («Barselona») – 22 gol, 44 ochko

O‘tgan yili bu sovrinni chempionatdagi 37 ta goli bilan Lionel Messi qo‘lga kiritgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring