Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliy gvardiyaga ishga kirish uchun qanday talablar qo‘yilgan?

Milliy gvardiyaga ishga kirish uchun qanday talablar qo‘yilgan?

«O‘zbekistonda inson huquq va manfaatlarining himoyasi: islohotlarning yangi bosqichi, yangi yondashuvlar va muammolar tahlili» mavzusida Xalqaro press klub sessiyasida Milliy gvardiyaga ishga olish talablari xususida ham ma’lumot berildi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari Xasan Botirovning ta’kidlashicha, nomzodning bo‘yi 185 dan ortiq bo‘lishi, bilimli va saviyali bo‘lishi talab etiladi. Xorijiy tillarni bilishi ham inobatga olinadi. Ularni ishga olishga ruhiy testlar va jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan o‘tadi.

— O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasini tashkil etishda xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganildi, — deydi u. — Bizni gvardiyaning farqli jihati Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizligi, Prokuratura va boshqa barcha xavfsizlikni ta’minlovchi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlashidadir.

Izohlar 6

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring