Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Minilgan Toyota Land Cruiser 300 avtomobili yangisidan ikki baravar qimmatga sotilmoqda

Minilgan Toyota Land Cruiser 300 avtomobili yangisidan ikki baravar qimmatga sotilmoqda

Yaponiya avtomobil bozorida nooddiy vaziyat yuzaga keldi — Toyota kompaniyasiga tegishli minilgan avtomobillar yangilariga nisbatan qimmatroq sotila boshlandi. Bunga ishlab chiqarishdagi bir qator to‘xtalishlar sabab bo‘lgan. Shu kunlarda kompaniya xaridorlarning talablarini o‘z vaqtida to‘liq qondirishga ulgurmayapti.

Iyul oyi oxirida ikkilamchi bozorda Toyota Land Cruiser ZX 2022 modelining o‘rtacha narxi 129 000 dollarni ( 17,05 mln iyena) tashkil etdi. Bu tavsiya etilgan narxdan ikki baravar yuqori, deb yozadi Tarantas.news.

Shuningdek, yangisiga nisbatan minilganining qimmat bo‘lishi nafaqat Toyota Land Cruiserda, balki boshqa avtomobil modellarida ham uchrab turibdi. Masalan, Yaponiyada 2021 yil ishlab chiqarilgan Executive Lounge S gibrid modifikatsiyasidagi Toyota Alphard mikroavtobusi minilganining narxi o‘rtacha 62 ming dollarga (8,25 mln iyena), yangisi ya’ni shunga o‘xshash konfiguratsiyadagi mashina esa 57 ming dollarga (7,75 mln iyena) baholanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring