Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobil aloqa va xavfsizlik

Mobil aloqa va xavfsizlik

Foto: «Newsline»

Mobil telefon hayotimiz, faoliyatimizning ajralmas qismiga aylandi. Usiz kelajagimizni tasavvur ham qila olmaymiz. Ammo internet shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda global tarmoq va boshqa yo‘llar orqali xavf solishi mumkin bo‘lgan turli xurujlar mobil aloqani ham chetlab o‘tmaydiki, bugun aynan mobil telefon va undagi ma’lumotlarga yo‘naltirilgan xatarlar va ulardan himoyalanishga to‘xtalamiz.

Qanday tuzilgan va ishlaydi?

Mobil aloqa tizimlari xizmat ko‘rsatadigan hududni qamrab oladigan yacheykalar (sotalar) ko‘rinishida yaratiladi. Har bir yacheykaning markazida o‘z yacheykasi doirasida barcha mobil stansiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi baza stansiyasi joylashadi. Abonentning harakatlanishida tizimning yacheykalari orasida bitta baza stansiyadan boshqasiga xizmat ko‘rsatishni uzatish – estafetali uzatish (handover) amalga oshiriladi.

Barcha baza stansiyalari ajratilgan simli yoki radiorele aloqa kanallari orqali mobil aloqasining kommutatsiya markazi bilan ulangan. Mobil aloqa tizimlarining o‘lchamlari katta bo‘lgan holda ularda qo‘shimcha kommutatsiya markazlari joylashtirilishi mumkin. Kommutatsiya markazidan umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘iga chiqish mavjud, u orqali mobil aloqa tizimi bilan o‘zaro harakat amalga oshiriladi. Abonent boshqa mobil aloqa tizimi hududiga o‘tganida unga xizmat ko‘rsatish bitta mobil aloqa tizimidan boshqasiga o‘tkaziladi, ya’ni rouming amalga oshiriladi. 

Nimalar himoyalanadi?

Mobil aloqa tizimlarini himoyalashdan asosiy maqsadlar quyidagilar:

  • mobil aloqa tizimlari barcha bo‘g‘inlarining (tinchlik payti, alohida va favqulodda vaziyatlarda) axborot xavfsizligini tashqi xavflardan himoyalash;
  • shaxs, jamiyat va davlatning mobil aloqa tizimlarida aylanadigan ma’lumotlari maxfiyligini saqlashga oid huquqlari buzilishining oldini olish;

Maqsadlarga asoslangan holda mobil aloqa tizimlarida ma’lumotlarni himoya qilish vazifalari shakllantiriladi:

  • axborot xavfsizligining ichki va tashqi xavflarini aniqlash va bashorat qilish, ularning oldini olish va bartaraf qilish bo‘yicha iqtisodiy asoslangan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • respublika miqyosida mobil aloqa tizimlarida ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha yagona siyosatni shakllantirish;
  • mobil aloqa tizimlarida ma’lumotlarni himoya qilishda qo‘llanadigan usullar va vositalarni takomillashtirish va standartlashtirish;

ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi faoliyatni davlat boshqaruvi (litsenziyalash) mexanizmini yaratish va amalga oshirish hamda mobil aloqa tizimlarini sertifikatsiyalash tizimining va ularning tarkibiga kiruvchi himoyalangan texnik vositalar, ma’lumotlarni himoyalash vositalari hamda qo‘llaniladigan himoya choralari samaradorligini nazorat qilish vositalarining faoliyat yuritishini ta’minlash.

Har bir alohida mobil aloqa tizimidagi ma’lumotlarni himoya qilish tizimi hamda uning tuzilishi va amalga oshirilishiga yondashuv individual hisoblanadi. Biroq har bir holatda mobil aloqa tizimidagi ma’lumotlarni samarali kompleks himoyasini yaratish uchun quyidagilar zarur:

  • Himoyaga muhtoj ma’lumotlarning zaifligiga ta’sir ko‘ratuvchi barcha omillarni aniqlash, ya’ni mobil aloqa tizimiga bo‘lgan xavflar modelini qurish va chiqib ketish kanallarini aniqlash.
  • Xavflarni aniqlashga qaratilgan ma’lumotlarni himoya qilish usullarini asoslash.
  • Ehtimolli ma’lumotlar chiqib ketishidan bo‘lgan zararni minimallashtirishga asoslangan mobil aloqa tizimidagi ma’lumotlarni himoya qilish vazifalarining sifatli yechimini ta’minlovchi kompleks tizimni yaratish.

Ma’lumotlarni taqdim qilish turlari va chiqib ketish ehtimolli kanallari

Mobil aloqa tizimida maxfiy ma’lumotlar muammosi yechimi murakkabligining asosiy sabablaridan biri ushbu tizimlarda uning jismoniy turlari ko‘pligidir, bu ehtimolli chiqib ketish kanallari mavjud bo‘lishini oldindan bashorat qiladi va shu bilan jismoniy hamda funksional jihatdan himoya tizimining keng qamrovli himoyasini tashkil qilishni taqozo etadi.

Shunday qilib, idoraviy tasarrufda bo‘lgan zamonaviy avtomatlashtirilgan mobil aloqa tizimlarida ma’lumot nutq ko‘rinishida, matn ko‘rinishida yoki qog‘ozdagi grafik tasvirlarda, foto va kinoplyonkada, proyeksion ekranlarda, shu jumladan, kompyuter monitorlarida va boshqa ko‘rinishlarda aylanishi mumkin.

Aloqa kanallari bo‘yicha mobil aloqa tizimlarining ob’yektlari orasida aylanayotgan ma’lumotlarni o‘g‘irlash holatlari ham radiokanallar liniyalari orqali, ham simli liniyalar orqali uzatilayotganda yuz berishi mumkin.

Mobil aloqa tizimlarining ob’yektlaridagi ma’lumotlar chiqib ketish kanallarining barchasi uchta asosiy toifaga ajratiladi:

- akustik kanallar;

- optik kanallar;

- texnik vositalarning chiqib ketish kanallari.

Mobil aloqa tizimining ob’yektlarida ma’lumotlar chiqib ketishining asosiy kanallari jismoniy maydonlar hisobga olingan holda ko‘rib chiqiladi:    

  • akustik kanal bo‘yicha chiqib ketishi;
  • vibroakustik kanal bo‘yicha chiqib ketishi;
  • shifrlovchi va deshifrlovchi uskunalarga ega bo‘lmagan simli va radioaloqa kanallari bo‘yicha chiqib ketishi;
  • elektromagnit kanallari bo‘yicha chiqib ketishi;
  • elektr energiyaning iste’moli bir maromli bo‘lmaganligi hisobiga asosiy texnik vositalari elektr ta’minotining ikkilamchi manbalari orqali chiqib ketishi;
  • elektrik, magnitli va akustik maydonlar xavfli signalining yordamchi texnik vositalarga ta’sir ko‘rsatishi natijasida chiqib ketishi;
  • yerga ulangan sim zanjirlaridagi xavfli signalning elektr energiyasi hisobiga chiqib ketishi;
  • maxfiy ma’lumotlar uzatiladigan zanjirlar orasidagi o‘zaro ta’sir va ob’yekt xavfsizligi hududidan tashqariga chiqishga ega bo‘lgan yordamchi texnik vositalarning zanjirlari orasidagi o‘zaro ta’sir hisobiga chiqib ketishi;
  • asosiy texnik vositalar bilan shakllantirilgan qurilmalarning elektromagnit nurlanishlari hisobiga ma’lumotlarning chiqib ketishi.

Xulosa

Mobil aloqa tizimlaridagi axborot xavfsizligining muammolari ko‘rib chiqilgandan va tahlil qilingandan so‘ng quyidagi xulosalar chiqarildi:

  1. Har qanday axborot tizimi, mobil aloqa tarmoqlari axborot xavfsizligini buzuvchilarining hujumlari ostida qolishi mumkin, ushbu hujumlar tarmoq axborot sohasiga xos bo‘lgan xavf va zaifliklarni amalga oshiradi.
  2. Axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy bazaning tahlili bugungi kunda aloqa opreatorlarini ham o‘zlarining, ham ularga ishonch bildirgan foydalanuvchilar axborot resurslarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiyat yuklaydigan hujjat bilan rasmiylashtirilgan talablar mavjudligini ko‘rsatdi. Biroq mobil aloqa tizimlarida ma’lumotlarni himoya qilishni tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar ham yetarli darajada me’yorlanmagan.
  3. Yuqorida keltirilgan talablarni bajarish uchun mobil aloqa tizimlarini loyihalashtirish va qurish bosqichidan boshlab, ma’lumotlarni himoya qilish tizimini yaratishga kirishish zarur, uning qo‘llanishi, mobil aloqalar tarmoqlari, operatorlar va davlatning xizmatlaridan foydalanuvchilarning turli guruhlari axborot xavfsizligini ta’minlashda manfaatlarni hisobga olish imkonini beradi.
  4. Belgilangan maqsadga erishishning asosiy tamoyillaridan biri — axborot xavfsizligi bazaviy bosqichi mexanizmining amalga oshirilishi va qo‘llanilishi hamda axborot xavfsizligi darajasini oshirishga imkon beruvchi xususiyatga ega ma’lumotlarni himoya qilish tizimini tashkil qilish zarur va majburiy hisoblanadi.

Shohrux RAHMAT,
Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi departamenti boshlig‘i

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring