Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mo‘’jizami? Shotlandiyalik ayol homilador ekanini tug‘ishidan 45 daqiqa oldin bildi

Mo‘’jizami? Shotlandiyalik ayol homilador ekanini tug‘ishidan 45 daqiqa oldin bildi

Foto: Emmanuel Leggeyzning Feysbukdagi sahifasi

Shotlandiyaning Glazgo shahrida istiqomat qiladigan 18 yoshli Emmaluiz Leggeyt homilador ekanini tug‘ishidan 45 daqiqa oldin bildi.

Emmaluizning bir farzandi bo‘lib, ikkinchisi haqida mutlaqo o‘ylamayotgan edi. Boz ustiga u homiladorlikdan saqlanish uchun maxsus tabletkalarni muntazam iste’mol qilib kelgan. Ammo 2018 yilning 17 iyulida uning qorni birdan kattalashdi va sog‘ligi yomonlashdi. Emmaluizning onasi zudlik bilan tez yordam chaqirdi. Oradan 45 daqiqa o‘tib, Siara ismli chaqaloq dunyoga keldi.

Emmaluizning eslashicha, bunga qadar u biroz to‘lishgan va ozishga bir necha bor harakat qilib ko‘rgan. Ammo homiladorlikni bildiradigan hech qanday o‘zgarish kuzatilmagan.

— Men hatto homiladorlikni aniqlovchi testdan ham foydalanmaganman. Chunki hech qanday alomatlar yo‘q edi. Mutlaqo. Hatto doktorlar ham nima uchun qornim kattalashmaganini ayta olishmayapti. Ular faqat homila yelkaga yaqinroq joylashganini aytishmoqda. Shunaqasi ham uchrab turarkan, — deydi Emmaluiz Leggeyt.

Endi Emmaluiz tez-tez homiladorlikni aniqlaydigan testdan foydalanib turadi va saqlanish uchun yana-da jiddiyroq vositalarni qo‘llamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring