Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moliya vazirligi yangi tanlov e’lon qildi

Moliya vazirligi yangi tanlov e’lon qildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zamonaviy, original, osonlik bilan tan olinadigan logotipini yaratish uchun professional grafik dizaynerlar, rassomlar hamda rassomlik mahoratga ega bo‘lgan kreativ shaxslar uchun tanlov e’lon qilmoqda.

Logotipning mafkuraviy va g‘oyaviy tarkibi vazirlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga, shuningdek, qonuniy, madaniy va estetik standartlarga mos bo‘lishi lozim, deyiladi Moliya vazirligi xabarida.

Ishtirokchi boshqa birovlarning mualliflik va turdosh huquqlarini tanlov ishlarida buzgan taqdirda, barcha huquqbuzarlikka shaxsan javobgar hisoblanadi.

Tanlov ishi o‘zida grafik qism va tushuntirish xatini jamlashi lozim.

Grafik qism tasvirdan iborat, osonlik bilan o‘qiladigan, «O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi» yozuvli original logotipni tashkil etishi va tasvir, eskiz, chizma, grafik maket hamda 3D-render shakllarida taqdim etilishi mumkin.

Tushuntirish xati ixtiyoriy shaklda bo‘lib, u taqdim etilgan vazirlik logotipi konsepsiyasini dizayndagi ma’naviy-mafkuraviy elementlarini talqin etish orqali aks ettirishi kerak.

Barcha materiallar ddjuraeva@mf.uz; pressservice.mfuzb@gmail.com elektron manzillari orqali qabul qilinadi.

Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:

I bosqich: 2018-yil 21-iyundan 30-iyungacha — tanlov ishlari ko‘rib chiqiladi;

II bosqich: 2018-yil 2-iyuldan 7-iyulgacha — ishlarni baholash.

Tanlov g‘olibi eng kam ish haqining 25 barovar miqdorida mukofotlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring