Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MOQ: «Uzbek Tigers» faoliyati to‘xtatilmaydi»

MOQ: «Uzbek Tigers» faoliyati to‘xtatilmaydi»

Shu kunlarda ba’zi ommaviy axborot vositalari va internet nashrlarida Butunjahon boks seriyasi (WSB) musobaqasida ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» klubining faoliyati tugatilishi, O‘zbekiston jamoasi musobaqadan chiqarib yuborilishi xaqidagi mish-mishlar avj oldi. O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi рrezidenti Umid Ahmadjonov vaziyatga rasman izoh berdi.

«Eng avvalo bu xabarlarning barchasi asossiz bo‘lib, aksincha Milliy olimpiya qo‘mitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamkorligida boks bo‘yicha Butunjahon boks seriyasi (WSB) musobaqasida uch yildan buyon muntazam ishtirok etib kelayotgan «Uzbek Tigers» jamoasini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan janglarni yangicha formatda, muxlislar uchun xaqiqiy boks shousi darajasida tashkil etish niyatida keng ko‘lamda ish olib bormoqda.

Ma’lumki, bugungi kunda o‘zbek boks maktabi butun dunyoga ma’lum va mashhur. Uning o‘z shonli tarixi va an’analari mavjud. Rio-2016 olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston boks terma jamoasining umujamoa hisobida birinchi, Gamburg 2017 jahon chempionatida esa ikkinchi o‘rinni egallashi so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Ammo shu bilan birgalikda ayni pallada Respublikamizda ko‘pgina sport turlari qatorida O‘zbekiston boks federatsiyasining faoliyati ham islohotlarga muxtoj ekanligini ayni xaqiqat. Sir emaski amalga oshiriladigan har bir islohot va yangilik, eng avvalo, ushbu sohani yanada rivojlantirishga, uni zamonaviy bosqichga olib chiqishga, yutuqlar salmog‘ini oshirishga xizmat qilish kerak.

Aynan shu jihatlarni hisobga olgan holda milliy olimpiya qo‘mitasi olimpiya va Osiyo o‘yinlari kabi nufuzli musobaqalarda delegatsiyamiz hisobiga eng ko‘p sovrinlar taqdim etadigan boks sport turini yanada rivojlantirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash, mamlakatimizda tashkil etiladigan xalqaro va mahalliy musobaqalar nufuzini oshirishga bel bog‘lagan.

Bugungi kunda mamlakatimizda sport shaxsan yurtboshimiz, muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyovning nazoratida turibdi. So‘nggi paytlarda birgina sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan qanchadan qancha qaror va farmonlar e’lon qilinishi ham fikrimizga isbot bo‘la oladi. Shak-shubha yo‘qki bugun olib borilayotgan ulkan hajmdagi mehnatlar samarasini barchamiz nasib qilsa Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ko‘ramiz. «Uzbek Tigers» esa o‘z faoliyatini yangi formatda, yangi maqsadlar bilan davom ettiradi», – dedi MOQ Prezidenti.

Ma’lumot uchun, «Uzbek Tigers» Butunjahon boks seriyasi (WSB)dagi navbatdagi ikkita jangini mamlakatimizda o‘tkazadi. 27-fevral kuni yurtimizda Kubaning «Cuba Domadores» klubi mehmon bo‘lsa, 1 mart kuni Kolumbiyaning «Colombia Heroicos» klubini kutib olamiz. Mazkur bellashuvlarni yuqori saviyada tashkil etish, muxlislarga xaqiqiy sport bayrami muhitini yaratish maqsadida janglarni Toshkentda o‘tkazish qarori qabul qilindi. Har ikkala uchrashuv O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasiga qarashli «Universal» sport majmuasida soat 19:00da boshlanadi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya yurtimiz sport muxlislarini 27-fevral va 1-mart kunlari bokschilarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun «Universal» sport majmuasiga chorlab qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring