Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Moyka»da yuz bergan antiqa YTH

«Moyka»da yuz bergan antiqa YTH

Foto: «Aloqada.com»

Toshkent shahar Chilonzor tumanida 4-aprel kuni Qatortol ko‘chasida joylashgan avtoturargoh hududidagi avtoulovlarni yuvish shoxobchasi ichida avtomashinalarni yuvuvchi I.R. «Kobalt» mashinasini yuvayotganda bexosdan uning kalitini burab yuborgan.

Natijada harakatga kelgan avtoulov haydovchi T.U.ni borib urgan. Halokat sababli T.U. bosh asos suyagi sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Xuddi shu sanada Mirobod tumanida ham yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Unga ko‘ra, haydovchi S.S. «Kaptiva» rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, A.X. boshqaruvida bo‘lgan «Lasetti» avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

To‘qnashuv natijasida «Lasetti» haydovchisi jarohatlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring