Mozambikda 6 mlrd dollarlik elektr stansiyasi quriladi

Mozambikning 6 mlrd dollarlik Mfunda-Nkuva gidroelektr stansiyasi qurilishini Jahon banki qo‘llab-quvvatlaydi, deb xabar berdi ABC.
Bu Afrika janubida so‘nggi yarim asrda amalga oshirilayotgan eng yirik energetika loyihasidir. 1 500 megavatt quvvatga ega stansiya 2031-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan, u mintaqadagi 10 ming megavattlik taqchillikni kamaytirishga yordam beradi.
Bank qurilishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirmasa-da, huquqiy va ekologik masalalar, elektr uzatish liniyalari uchun imtiyozli mablag‘ ajratadi, shuningdek, kafolatlar va xavflarni sug‘urtalaydi. Qurilishni TotalEnergies, Électricité de France va Mozambikning Hidroeléctrica de Cahora Bassa kompaniyalari o‘z zimmasiga olgan.
Jahon banki prezidenti Ajay Banganing ta’kidlashicha, bunday loyihalar «iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuch»ga aylanadi va mamlakatlarga donor pullariga qaramlikdan xalos bo‘lish imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter