Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nahotki! Metroda suratga olishga ruxsat berildi!(?)

Nahotki! Metroda suratga olishga ruxsat berildi!(?)

Foto: «Sputnik»

1-iyundan boshlab Toshkent metropolitenida fotosurat va videoga tushirishga rasman ruxsat berildi. Metropolitendan foydalanish qoidalariga ham bu haqdagi o‘zgartirishlar kiritildi-, deb yozadi «Gazeta.uz».

Xususan, qoidalarning 4 — «Yo‘lovchilarning huquqlari» bo‘limiga 4.2 — band qo‘shildi va unda «Foto- va video suratga olishga ruxsat etiladi» deb yozib qo‘yilgan.

Xabaringiz bor, saytimiz mazkur mavzu yuzasidan turkum maqolalar e’lon qilgan edi. Ulardan birida metropolitenida fotosurat va videoga tushirishga ruxsat etilgani haqida so‘z borsa, keyinchalik real vaziyat boshqacha ekanligi, hech qanday ruxsat berilmagani va avvalgi cheklovlar hanuz amalda ekanligi rasman bildirilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring