Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda qancha elektr uzatish tarmog‘i va transformator punkti qurildi?

Namanganda qancha elektr uzatish tarmog‘i va transformator punkti qurildi?

“Namangan hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan aholiga sifatli energiya xizmatini ko‘rsatish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilyapti.

“2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida”gi 2016 yil 23 noyabrdagi Prezident qaroriga asosan “Namangan hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 305,6 km. 0,4-10 kVli elektr uzatish tarmoqlari va 185 ta 6-10/0,4 kVli transformator punkti kurildi va modernizatsiya qilindi.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 18 yanvardagi “2018 yilda uy-joy qurilishini rivojlantirish maqsadli dasturlarini samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Namangan viloyatining 11 ta tumanidagi 32 ta massivda arzon uy-joylar qurilishi belgilangan edi. Ushbu hududlarda 8,5 km 0,4-10 kVli elektr uzatish tarmoqlari va 20 ta transformator punkti qurildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 oktyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Namangan shahrida barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar-joylarni elektr ta’minoti bilan ta’minlash masalasiga ham ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratildi. Xususan, o‘tgan yili bunday uylar uchun 2,1 km 6 kVli elektr uzatish tarmoqlari hamda 3 ta transformator punkti qurildi.

“Obod qishloq” dasturi doirasida viloyat bo‘yicha 61 km elektr uzatish tarmoqlari va 34 ta transformator punktini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hamda 86 km elektr uzatish tarmoqlari va 114 ta transformator punktini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan. Amalda 70,5 km (115 foiz) past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari yangidan qurildi va 37 ta (109 foiz) transformator punkti o‘rnatildi, 89 km (103,5 foiz) uzunlikda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va 118 ta (103,5 foiz) transformator punkti mukammal ta’mirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyuldagi “"Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni 2018/2019 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashiga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori talablaridan kelib chiqib, “Namangan hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan elektr qurilmalari va tarmoqlarini 2018-2019 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha 1057,15 km 0,4-110 kVli elektr uzatish tarmoqlari, 7 dona 35 kVli podstansiyalar, 6 dona 110 kVli kuch transformatorlari, 64 dona 35-110 kVli moyli o‘chirgichlar va 455 dona 6-10/0,4 kVli transformator punktlari mukammal hamda 6845,2 km 0,4-110 kVli elektr uzatish tarmoqlari, 268 dona 110 kVli kuch transformatorlari, 473 dona 35-110 kVli moyli o‘chirgichlar va 2221 dona 6-10/0,4 kVli transformator punktlari joriy ta’mirlandi.

Bundan tashqari, “Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasi, Namangan viloyatida tashkil etilayotgan 10 ta kichik sanoat zonalarida elektr energiyasi ta’minoti muntazamligini ta’minlash bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirildi.

Asliddin Rahmanov,
“Namangan hududiy elektr tarmoqlari” AJ
OAV bilan ishlash bo‘limi xodimi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring