Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangandagi istirohat bog‘ida bosh qismidan jarohat olgan bola vafot etdi

Namangandagi istirohat bog‘ida bosh qismidan jarohat olgan bola vafot etdi

Illyustrativ foto

14 may kuni soat 11.30 larda 12 yoshli bola Namangan shahardagi istirohat bog‘idagi attaraksionda aylangan vaqtida bosh qismidan tan jarohati olib vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring