Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NASA Yer va ulkan asteroid to‘qnashishi ehtimolda tutilgan sanalarni e’lon qildi

NASA Yer va ulkan asteroid to‘qnashishi ehtimolda tutilgan sanalarni e’lon qildi

Kollaj: L!FE

NASA Yerga potensial xavf tug‘diruvchi Apofis asteroidi harkatlanish trayektoriyasini diqqat bilan kuzatmoqda. Yaqinda fazoviy agentlik ehtimoliy to‘qnashuv sanalarini e’lon qildi.

Apofis asteroidi 2004-yili aniqlangandi. O‘shanda tadqiqotchilar Apofis sayyoramiz bilan 2029-yilda to‘qnashib ketadi, degan xavotirga borishgandi. O‘tgan yillar mobaynida hisob-kitoblar yanada aniqlashdi, ehtimoliy to‘qnashuv sanalari esa «kechiktirildi», deyiladi «Daily Star» xabarida.

Mana o‘sha sanalar:

  • 2060-yil 12-aprel
  • 2065-yil 11-aprel
  • 2068-yil 12-aprel
  • 2068-yil 10-oktyabr
  • 2076-yil 13-aprel
  • 2077-yil 13-aprel
  • 2078-yil 13-aprel
  • 2089-yil 10-oktyabr
  • 2091-yil 13-aprel
  • 2103-yil 14-aprel.
Foto: «Public Domain Pictures»

Kamida 43 yildan so‘ng, uzog‘i bilan 84 yilda, aprellar, 13-sanalar...

NASA hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu sanalarda asteroid Yer yonidan chamasi 21060 km/soat tezlikda uchib o‘tadi. Uning diametri 325 metr, massasi — 280 million tonna.

O‘lchamlari, tezligi va Yerga juda yaqin o‘tishi bois Apofisni astronomlar rasman potensial xavfli asteroid sifatida tasniflashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring