Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navro‘zda besh kun dam olish kuni beriladi

Navro‘zda besh kun dam olish kuni beriladi

Shavkat Mirziyoyev

Foto: «President.uz»

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida  mamlakatda turizm tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha  ko‘rilayotgan  chora-tadbirlar  natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda qatnashayotgan «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali vakilining ma’lumot berishicha, O‘zbekiston Prezidenti so‘z orasida Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklarga besh kun dam olish kuni berilishini bildirib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan «2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmonida ham ayni jihatlar ko‘zda tutilgan edi. 

Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating!

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring