Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga tushgan mablag‘ nimalarga sarflanmoqda?

«Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga tushgan mablag‘ nimalarga sarflanmoqda?

Foto: «Xabar.uz»

«Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondi boshqaruv raisi Asrol Mirzahmedov jamg‘armaga kelib tushayotgan mablag‘lar va ularning sarf etilishiga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

10 aprelga qadar fond hisob-raqamiga 57 milliard 613 million so‘mdan oshiqroq miqdorda homiylik mablag‘lari kelib tushgan. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar bermoqda.

Ular orasida jismoniy shaxslarning ulushi — 2 milliard 370 million so‘mdan ko‘proq.

10 aprelga qadar fond hisobidan 5 milliard 767 million so‘mdan ko‘proq mablag‘ sarflangan.

Ma’lum qilinishicha, fondga kelib tushayotgan mablag‘lar quyidagilarga sarf etilmoqda:

  • koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tegishli tibbiyot muassasalariga dori vositalari, tibbiy buyumlar, laboratoriya reaktivlari va boshqa sarflash vositalarini sotib olishga;
  • koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan davolash-profilaktika muassasalarida dezinfeksiya tadbirlarinin amalga oshirish uchun dezinfeksiyalovchi vosita va asbob-uskunalarni, shuningdek, tibbiyot asbob-uskunalari va maxsus transport vositalarini sotib olishga;
  • koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish, profilaktika va targ‘ibot ishlariga;
  • tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashga;
  • koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlarga moddiy rag‘batlantirishga.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring