Nissan Gravite taqdim etildi — narxi 6,2 ming dollardan boshlanadi (foto)
Hindistonda ixcham va zamonaviy Nissan Gravite miniveni rasman taqdim etildi. «Oilaviy mashina» deya ta’riflanayotgan ushbu model hamyonbop narxi va yuqori darajadagi xavfsizligi bilan ommalashishi kutilmoqda.
Garchi ixcham ko‘rinsa-da, mashina saloniga 7 nafar yo‘lovchi bemalol sig‘adi.

O‘lchamlari: uzunligi — 3987 mm, kengligi — 1734 mm, balandligi — 1644 mm. Klirensi (yerdan balandligi) — 182 mm.
Uchinchi qator o‘rindiqlarini olib tashlash orqali yukxona hajmini 625 litrgacha yetkazish mumkin.

E’tiborli jihati, Nissan Gravite barcha komplektlarda standart 6 ta xavfsizlik yostiqchasi va zamonaviy barqarorlik tizimlari (ESC, ABS) mavjud.
Mashinaning 1.0 litrli dvigateli 100 km masofaga 5-5.2 litr atrofida yonilg‘i sarflaydi. Bu, masalan, shahar sharoitida ham juda qulaylik beradi.
Salon markazida 8 dyuymli sensorli displey joylashgan bo‘lib, u Apple CarPlay va Android Auto tizimlarini simsiz qo‘llab-quvvatlaydi.

Hindistonda sotuvlarga shu yilning mart oyida start beriladi. Narxlar 565 000 ming rupiy (6,2 ming AQSh dollari)dan boshlanadi.

Kelajakda ushbu modelning chap rulli versiyasi ishlab chiqarilishi va eksport qilinishi ehtimoldan xoli emas.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter