Noqonuniy poygalar uchun javobgarlik joriy etilishi mumkin
Noqonuniy poygalar uchun javobgarlik joriy etish bo‘yicha taklif kiritildi.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan noqonuniy poygalarni tashkil etganlik va unda ishtirok etganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Bugungi kunda yo‘llarda noqonuniy tashkil etilayotgan poygalar yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligiga, aholining osoyishtaligiga jiddiy xavf solib, inson o‘limigacha bo‘lgan o‘ta salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Bu esa, aholining, shu jumladan yo‘l harakati ishtirokchilarining haqli e’tirozlari va xavotirlariga sabab bo‘lmoqda.
Shuni inobatga olib, Adliya vazirligi yo‘llarda noqonuniy poygalarni tashkil etish oqibatida vujudga kelayotgan yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida ma’muriy va jinoiy javobgarlikni joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralarga kelishish uchun kiritgan.
Mazkur qonun loyihasi joriy yilning 17-fevral kuni manfaatdor vazirlik va idoralarga kelishishga chiqarilgan bo‘lib, belgilangan tartibda kelishilganidan so‘ng, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter