Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nyu-York aholisi shaharni tashlab qochmoqda

Nyu-York aholisi shaharni tashlab qochmoqda

Foto: «Globallookpress.com»

Nyu-Yorkdagi yuk tashuvchi kompaniyalarning ma’lum qilishicha, mahalliy aholi koronavirus pandemiyasi tufayli shaharni tashlab qochmoqda. 2020-yil mart oyidan avgustga qadar yuk tashishlar soni o‘tgan yilgiga qaraganda 46 foizga ko‘paygan. Bu haqda «The New York Times» xabar berdi.

Soha vakillari buyurtmalarni bajarishga zo‘rg‘a ulgurayotganidan shikoyat qilishyapti. Jaziramada niqob tartibi va ijtimoiy masofaga rioya etish ishni yanada qiyinlashtirmoqda.

«Bu kollej kampusiga kelish kuniga o‘xshaydi. Hamma eshiklar lang ochiq, hamma joyda yuk mashinalari izg‘ib yuribdi, mebellar harakatda», — deydi soha vakili.

«Biz odamlarga rad javobini beryapmiz, chunki resurslarimiz yetmayapti. Odatda yozda reklamaga ko‘p pul sarflaymiz. Lekin bu yil xarajatlarni qisqartirdik. Negaki, bunday qilolmadik. Shusiz ham talab katta», — deydi transport kompaniyalaridan birining rahbari.

Nyuyorkliklar shahardan ommaviy ketishmoqda. Taxminlarga ko‘ra, bunday tamoyil kuzda ham saqlanib qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring