Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ochilboy Ramatov Prezidentdan qurilish sohasi uchun imtiyoz so‘radi

Ochilboy Ramatov Prezidentdan qurilish sohasi uchun imtiyoz so‘radi

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish borasida selektor yig‘ilishi o‘tkazgani haqida xabar berilgandi. Yig‘ilish davomida bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov yangi quriladigan uylar sifati va narxiga ta’sir o‘tkazuvchi omillar haqida gapirib o‘tdi.

— Yangi tashkil etiladigan qurilishlar natijasida qo‘shimcha 300 mingta ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Mart oyi yakuniga qadar uy-joy qurish uchun shahar va qishloqlarda yer tanlashni yakunlash lozim bo‘ladi. Shuningdek quruvchilarni tanlash ham yakunlanadi. Aprel oyidan qurilishlarni mukammal boshlash kerak.

Narx-navoni ham qishloq joylarda metr kvadrati uchun 4 million so‘m, shahar joylarda 5 milliondan oshmasligi shart. Aks-holda odamlar qiynalib qoladi.

O‘tgan yili uch-joy qurilishi uchun joylar tanlangan edi. Ammo yangi talabga ko‘ra infratuzilmani yaqinlashtirish uchun tanlangan joylar qayta ko‘rib chiqiladi.

Ayni vaqtda 294 ta texnik nazoratchilar bor. Ularga qo‘shimcha qurilish inspektorlari ishga tushadi. Barcha qurilish sifati nazorat ostida bo‘ladi.

Hurmatli Prezident, bizda bitta iltimos bor. Uy-joylar tannarxiga sement va temir katta ta’sir o‘tkazadi. Bu yil qurilishlar ikki barobar oshishi kutilmoqda. Shu sababli sement va metallga talab keskin oshdi va temir narxi 8,5 million so‘mga chiqib ulgurdi. Aprel oyiga borib temir mahsulotlari 10 million so‘mga chiqishi kutilmoqda.

Agar lozim topsangiz ishlab chiqarish tashkilotlaridan ushbu ikki mahsulotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish imkonini bersangiz, — dedi Ramatov.

Prezident ushbu taklif bo‘yicha xat tayyorlab, muhokamaga kiritish topshirig‘ini berdi. Shu bilan birga davlat rahbari yangi quriladigan uylarga xizmat ko‘rsatish shirkatlari faoliyatini xozirdan muvofiqlashtirib borish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring